«daraxt kesilishi» tegli maqolalar


Farg‘onadagi qabristonda 62 tup daraxt obodonlashtirish xodimlari tomonidan kesib tashlangani aniqlandi
6 mart 2024, 12:49

Farg‘onadagi qabristonda 62 tup daraxt obodonlashtirish xodimlari tomonidan kesib tashlangani aniqlandi

Quva tuman tumanidagi qabristondagi 62 tup archa daraxti tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan ostidan kesib tashlangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi
3 mart 2024, 11:12

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi

Shavkat Mirziyoyev daraxtlarni kesish uchun jarima miqdorini 5 barobarga oshiruvchi qonunni imzoladi. Har bir kesilgan daraxt o‘rniga 100 tupdan ko‘chat ekish majburiyati, yuridik shaxslarga 102 million so‘mgacha alohida jarimalar belgilandi. Prezident avvalroq jarima miqdori pastligi sababli qonunni rad etgan edi.

Qashqadaryoda 20 dan ortiq buta va daraxtni noqonuniy kesgan hokim yordamchisi jarimaga tortildi
31 yanvar 2024, 09:59

Qashqadaryoda 20 dan ortiq buta va daraxtni noqonuniy kesgan hokim yordamchisi jarimaga tortildi

Yakkabog‘ tumanida hokim yordamchisi 20 ta na’matak butasi va 5 ta olcha daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetdi. U jami 12,7 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi
6 oktabr 2023, 12:35

Toshkent tumanida 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxti kesib tashlangani aniqlandi

Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 4 tup chinor kesib ketildi
6 oktabr 2023, 12:22

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 4 tup chinor kesib ketildi

Toshkent viloyatida 3 tup o‘sib turgan chinor kesib ketildi. Oqibatda tabiatga 148,7 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona shahrida esa 1 tup ko‘p yillik chinor kesib tashlangan. Huquqbuzarlarni va zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

2023-yilning 9 oyida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2500 ga yaqin holat qayd etildi
5 oktabr 2023, 10:40

2023-yilning 9 oyida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2500 ga yaqin holat qayd etildi

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar yig‘ib olinishi va o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berib yuborish holatlari qayd etilmoqda.

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
25 sentabr 2023, 13:14

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi
19 sentabr 2023, 14:15

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi

Izboskan tumanida 2 fuqaro “xonadoniga xavf tug‘dirayotgani va qurilish ishlariga xalal bergani uchun” 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgandi. Sud ularga 131,4 mln so‘mlik zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi, tabiatga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetdi
14 sentabr 2023, 12:36

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi, tabiatga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetdi

Peshku tumanidagi muhofazaga olingan hududda 125 tup daraxt (102 tupi qimmatbaho) noqonuniy kesildi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi
13 sentabr 2023, 14:32

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
15 avgust 2023, 10:46

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi

O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.

Yunusobodda tadbirkor ikki chinorni kestirib tashladi
14 avgust 2023, 16:17

Yunusobodda tadbirkor ikki chinorni kestirib tashladi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ikki dona chinor daraxtini kestirib tashladi. Oqibatda tabiatga 204 mln 105 ming so‘m zarar yetkazildi.

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida
28 iyul 2023, 11:48

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida

Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi
27 iyul 2023, 18:20

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida quriladigan avtomobil yo‘li sabab 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Loyiha hujjatlari hukumatga topshirilgani aytilmoqda. Jamoatchilik bundan norozi bo‘lsa, Ekologiya vazirligi har ikki viloyatda odamlar fikri eshitilishini bildirmoqda.

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi
26 iyul 2023, 16:35

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi
20 iyul 2023, 19:51

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 27,4 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
7 iyul 2023, 12:51

Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 27,4 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Zafarobod tumanida 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga 1 650 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham to‘laydi.

Buxoroda 16 tup daraxtni kesgan fuqaroga nisbatan ish ochildi
28 iyun 2023, 14:18

Buxoroda 16 tup daraxtni kesgan fuqaroga nisbatan ish ochildi

Buxoro shaharida fuqaro 16 tup daraxtni kesib tashlab tabiatga 259 mln so‘m zarar yetkazdi. Unga nisbatan ish ochilib, sudga yuborildi.

Jahonning turli mamlakatlarida daraxtni noqonuniy kesganlar qanday jazolanadi?
26 iyun 2023, 15:54

Jahonning turli mamlakatlarida daraxtni noqonuniy kesganlar qanday jazolanadi?

Shoxlarni beruxsat kesganga jarima, daraxtlarni yo‘q qilganga 10 yil qamoq yoki 8 mln dollar, zararni qoplash uchun 10 yil davomida ko‘chat ekish va parvarishlash majburiyati. “Gazeta.uz” AQSh, Yevropa va Rossiyada daraxtzorlarni yo‘q qilganlik uchun jazolarni o‘rgandi va ularni O‘zbekistondagilari bilan taqqosladi.

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin
3 may 2023, 11:58

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin

Senat endilikda daraxtlar va butalarni shikastlantirganlar va bu borada loyihalar tayyorlaganlarni ham javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting